O'zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i

Bo'lim: Davlat Bayrog'i Muallif: zubayda Ko'rildi: 20463

bayroq-gif

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROG'I O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGASHNING NAVBATDAN TASHQARI O'TKAZILGAN VII SESSIYASIDA 1991-YIL 18-NOYABR KUNI TASDIQLANGAN.

1. BAYROQDAGI MOVIY RANG-TIRIKLIK MAZMUNINI AKS ETGAN MANGU OSMON VA OBIHAYOT RAMZDIR.

2. BAYROQDAGI OQ RANG MUQADDAS TINCHLIK RAMZ BO'LIB U KUN CHAROG'ONLIGI VA KOINOT YORITQICHLARI BILAN UYG'UNLASHIB KETADI.OQ RANG POKLIK,BEG'UBORLIK,SOFLIK,ORZU VA HAYOLLAR TOZALIGI,ICHKI GO'ZALLIKGA INTILISHNING TIMSOLIDIR.

3. YASHIL RANG-TABIATNING YANGILANISH RAMZI.U KO'PGINA XALQLARDA NAVQIRONLIK,UMID VA SHODUMONLIK TIMSOLI HISOBLANADI.

4. QIZIL CHIZIQLAR VUJUDIMIZDA JO'SHIB OQAYOTGAN HAYOTIY QUDRAT IRMOQLARIDIR.

5. NAVQIRON YARIM OY TASVIRI BIZNING TARIXIY AN'ANALARIMIZ BILAN BOG'LIQ,AYNI PAYTDA, QO'LGA KIRITILGAN MUSTAQILLIGIMIZ RAMZIDIR.

6. YULDUZLAR BARCHA XALQLAR UCHUN RUHONIY,ILOHIY TIMSOL SANALGAN,O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG'IDAGI 12 TA YULDUZ TASVIRI HAM TARIXIY AN'ANALARIMIZ,QADIMGI QUYOSH YILNOMAMIZGA BEVOSITA ALOQADORDIR.